BALIQCHILIK ILMIY TADQIQOT INSTITUTINING RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 6 apreldagi PQ-3657-son “Baliqchilik tarmog‘ini jadal rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida quyidagi vazifalar belgilandi:
ishlab chiqarish, sun’iy suv havzalarini baliqlantirishni yanada rivojlantirish va baliqchilik xo‘jaliklarini ta’minlash uchun baliqning yangi va sinalgan turlarini iqlimlashtirish orqali naslli baliq chavoqlarini yaratish;
nasldor baliq lichinkalari yetishtiruvchi zamonaviy inkubatsion sex faoliyatini tashkil etish, baliq chavoqlarini ishlab chiqarish hajmini oshirish, mavjud baliq chavoqlarini yetishtiruvchi suv havzalarini modernizatsiya qilish va qayta ta’mirlash;
o‘z ehtiyoji va baliqchilik xo‘jaliklari uchun to‘la qiymatli va yuqori oqsilli ozuqalarni ishlab chiqarish bo‘yicha zamonaviy quvvatlarni yaratish orqali ozuqa bazasini mustahkamlash, don va don ekinlarini ekish yo‘li bilan bug‘doy va soyaga bo‘lgan o‘z ehtiyojlarini qondirish;
innovatsion va zamonaviy intensiv texnologiyalarni keng joriy qilish, shu jumladan qafas (sadok) usulida, yopiq suv aylanma tizimi qurilmalarida baliq yetishtirish hamda sun’iy suv havzalari hosildorligini oshirish hisobiga baliq ovlash hajmlarini ko‘paytirish;
birinchi navbatda, aholi ehtiyojlarini qondirish, shuningdek, keyinchalik qo‘shni mamlakatlarga eksport qilish uchun baliqlarni qayta ishlash va baliq mahsulotlarini ishlab chiqarish (konserva, ikra, baliq uni va boshqalar) bo‘yicha zamonaviy komplekslarni tashkil etish;
suvning gidrokimyoviy tarkibini laboratoriya usulida tahlil qilish, baliqlarni kasalliklardan himoya qilish, shuningdek, baliq kasalliklarini aniqlash, ularni davolash choralarini ko‘rish;
baliq yetishtirish, ovlash va qayta ishlash jarayonida innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va ishlanmalarni joriy etish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini, shuningdek, mutaxassislik yo‘nalishi bo‘yicha tahsil oluvchi ta’lim muassasalari talabalari uchun baliqchilik tarmog‘ida amaliyot o‘tashni tashkil etish.
Institut laboratoriyalari xodimlarining samarali ilmiy faoliyatini yanada takomillashtirish va uning moddiy-texnik bazasini modernizatsiya qilish maqsadida 2022 yil boshida Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti rahbariyati tomonidan «2022-2026 yillarga mo‘ljallangan baliqchilik xo‘jaligi sohasida ilmiy salohiyatni yanada rivojlantirish va udan samarali foydalanish chora-tadbirlari dasturi» ishlab chiqilib, O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasida tasdiqlandi.
I. O‘zbekiston baliqchilik sanoatini rivojlantirish sohasidagi
fundamental va amaliy tadqiqotlar hamda innovatsion ishlanmalar
Xususan, baliqchilik xo‘jaligi bo‘yicha yetakchi xorijiy ilmiy markazlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalarini tahlil qilish. Tahlil natijalari bo‘yicha institut tadqiqotlarining mavzulari va yo‘nalishlarini yangilash va takomillashtirish.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi akvakulturasi va baliqchiligi sohasidagi ilmiy-tadqiqot loyihalari portfelini shakllantirish, tadqiqotlarning tanlangan mavzulari, usullari va texnologiyalarining dolzarbligini asoslash, o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalari va qayta ishlangan ma’lumotlar to‘plamlari bo‘yicha tahliliy maqolalar, monografiyalar nashr etish lozim.
«Akvakulturada yangi texnologiyalar» laboratoriyasi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri akvakulturani rivojlantirish, yer va suv resurslaridan samarali va oqilona foydalanish chora-tadbirlarini amalga oshirishdan iborat.
2022 yildan 2026 yilgacha bo‘lgan davrda yopiq suv ta’minoti qurilmalarida va kichik innovatsion hovuzlarda intensiv baliq yetishtirishning intensiv texnologiyalari sohasidagi tadqiqotlar davom ettiriladi.
Xususan, quyidagi tadbirlarni amalga oshirish rejalashtirilgan:
- yopiq aylanma suv ta’minoti qurilmalarini o‘rnatish;
- ichki aylanma suv ta’minoti qurilmalari uchun zarur jihozlarni sotib olish;
- intensiv texnologiyalarda baliqchilik bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borish;
- ilmiy tadqiqotlar natijalari bo‘yicha uslubiy qo‘llanmalarni nashr qilish va joriy etish.
Yuqorida aytib o‘tilganlardan tashqari, qafaslarda baliqlarning ovlanadigan turlarini intensiv yetishtirishning ilmiy asoslangan texnologiyalarni ishlab chiqish maqsadida baliqlarini qafasda yetishtirish imkoniyatlari va uning ustunliklarini batafsil o‘rganish rejalashtirilgan.
Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalarni amalga oshirish zarur:
- sun’iy hovuzlarda qafaslarda baliq yetishtirish uchun hovuzlarni tanlash, o‘rash va chuqurlashtirish tadbirlarini amalga oshirish;
- hovuzlarga qafaslarni o‘rnatish;
- qafaslarda baliq yetishtirish bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazish;
- ilmiy tadqiqotlar natijalari bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish.
Karp baliqlari, shu jumladan oq amur, oq va chipor do‘ngpeshonaning ona baliqlar to‘dasini shakllantirish:
- karp va o‘txo‘r baliqlarning mahsuldor ota-onalarini tanlash;
- saralab olingan ona baliqlar to‘dalari uchun seleksiya-naslchilik ishlarini qo‘llash;
- zotli baliqlar genofondini saqlab qolish uchun sharoitlar yaratish;
- yuqori mahsuldor va sifatli baliqlar chavoqlarini ko‘paytirishni tashkil etish.
Quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha tadqiqotlarni davom ettirish maqsadida O‘zbekiston hududida yetishtiriladigan baliqlarning ovlanadigan turlaridagi kasalliklarini aniqlash, oldini olish, davolash uchun «Ixtiopatologiya» laboratoriyasini komplektlashni nihoyasiga yetkazish.
1. Laboratoriyada baliqlar kasalliklarini aniqlash, oldini olish, davolash va ularga qarshi kurashish bo‘yicha ixtiopatologik tadqiqotlar o‘tkazish.
2. Baliqlar kasalliklariga qarshi kurashishning samarali choralarini ishlab chiqish.
II. Baliqchilik va akvakultura sohasida kadrlar tayyorlash
va ularning malakasini oshirish
Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti rahbariyati tomonidan 2022 yil boshidan boshlab baliqchilik va akvakultura sohasida ishlayotgan mutaxassislar uchun malaka oshirish kurslarini tashkil etish, xususan quyidagilar rejalashtirilgan:
1. O‘quv seminarlarini tashkil etish uchun ijodiy guruhlarni shakllantirish.
2. O‘quv kurslari uchun mavzularni shakllantirish.
3. O‘quv kurslari uchun qo‘llanmalar va ko‘rgazmali qurollar ishlab chiqish.
4. Mintaqalarda seminarlar tashkil etish.
III. Institutning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash
2022 yildan 2026 yilgacha bo‘lgan davrda Baliqchilik ilmiy-tadqiqot institutining moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash rejalashtirilgan.
Baliqchilik ilmiy-tadqiqot institutining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va mavjud infratuzilmaning to‘liq rekonstruksiya qilinishini ta’minlash uchun asbob-uskunalar xaridlari ro‘yxati:
- Ekskavator – 1 dona.
- “Isuzi” samosvali – 1 dona.
- Mikroavtobus – 1 dona.
- Institut hududidagi infratuzilmani to‘liq rekonstruksiya qilish.
Yangilangan Baliqchilik ilmiy-tadqiqot institutining tepadan ko‘rinishi
Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti ichki hovlisining kelajakdagi ko‘rinishi
Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti yangi binolarining umumiy sxemasi
Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti laboratoriya majmuasining yangilangan binosi
Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti qoshida tashkil etilgan baliqchilik muzeyi
Kelajakda mavjud tabiiy va sun’iy suv havzalarini ularning boshqa maqsadlarda foydalanilishini aniqlash nuqtai nazaridan inventarizatsiya qilish hamda suv havzalarini tovar balig‘i va baliq o‘tqazish materiali (chavoqlar) ishlab chiqarishga jalb qilish choralarini ko‘rish; baliqchilik xo‘jaligi sun’iy va tabiiy suv havzalarining unumdorligini kadastrli baholash va ularning yagona reestrini yaratish rejalashtirilgan.
Baliqchilik ilmiy-tadqiqot institutida tabiiy suv havzalarining gidrobiologik va gidrokimyoviy holatini o‘rganish, «Baliqlar ozuqasi va oziqlantirish» laboratoriyasini tashkil etish, shuningdek «Ixtiopatologiya» laboratoriyasini professional kadrlar (ixtiopatolog, mikrobiolog, gistolog) bilan to‘ldirish.
1. Viloyat markazlarida baliqlar kasalliklarini tahlil qilish uchun ixtiopatologik mobil biolaboratoriyani komplektlash.
2. «Baliqlar ozuqasi va oziqlantirish» laboratoriyasini tashkil etish
3. Yangi tashkil etilgan laboratoriyalarni barcha zarur asbob-uskunalar bilan ta’minlash.
4. Tabiiy suv havzalarining gidrobiologik va gidrokimyoviy holatini o‘rganishda foydalaniladigan maxsus ko‘chma laboratoriya avtomobillarini xarid qilish.
5. Institutdagi mavjud laboratoriyani ta’mirlash.
IV. Institutning ilmiy xodimlarini ijtimoiy himoya qilish
Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti bazasida tadqiqotlar olib boruvchi doktorantlar, olimlar va xodimlar uchun namunaviy uy-joylar qurish va ularning imtiyozli narxlarda berilishini ta’minlash.O‘zbekiston baliqchilik tarmog‘ini rivojlantirishga qiziquvchi iste’dodli yoshlarni jalb etish va Baliqchilik ilmiy-tadqiqot institutining ilmiy salohiyatini oshirishda ularni ish va uy-joy bilan ta’minlash.
Institut yotoqxonasi binosi