BALIQCHILIK ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI HAQIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR
2023 yilda Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti 6 yoshga to‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 1 maydagi PQ-2939-sonli «Baliqchilik tarmog‘ini boshqarish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq Baliqchilikni rivojlantirish ilmiy-tajriba stansiyasi Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti (BITI)ga aylantirildi.
Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti oldida turgan vazifalar
Saqlashning intensiv sharoitida baliq yetishtirishning yangi innovatsion texnologiyalarini ishlab chiqish.
Baliqlarni hovuz va industrial akvakultura sharoitida yetishtirish.
Baliqlar kasalliklarini o‘rganish va oldini olish.
Yangi yuqori mahsuldor baliq zotlarini yaratish maqsadida seleksiya va naslchilik ishi yo‘nalishi bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish.
Baliqlarning biologik xususiyatlarini o‘rganish.
Baliqlarning yangi turlarini O‘zbekiston sharoitiga ko‘niktirish.
Oliy toifali malakali kadrlar tayyorlash.
Baliqchilik ilmiy-tadqiqot institutining missiyasi
O‘zbekiston Respublikasida baliqchilikni yangi darajaga ko‘tarish, baliq resurslarini saqlash va ko‘paytirish hamda akvakulturadan foydalanishning yangi imkoniyatlarini ochish.