• Asosiy ma’lumotlar
  • Rahbariyat
    • DIREKTOR
    • ILMIY KOTIB
  • Tashkiliy tuzilmasi
  • Sanoat bazasi
  • Eng muhim ilmiy yutuqlar
  • Xalqaro hamkorlik
  • Rivojlanish istiqbollari
  • Bo'sh ish o'rinlari

DIREKTOR



Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti direktori
PhD, k.i.x. Qurbanov Abdulla Ruxullaevich

2018 yildan boshlab va shu kungacha qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim Qurbonov Abdulla Ruxullaevich Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti direktori hisoblanadi.
A.R.Qurbonov O‘zbekistonda keskin kontinental iqlim sharoitida baliqlarning ovlanadigan turlarini yetishtirishning biologik asoslarini, gormonal in’eksiyalar orqali ularning sun’iy takror ko‘paytirish serpushtligini o‘rganish bilan bog‘liq bugungi kundagi eng dolzarb masalalardan biri bilan shug‘ullanuvchi yosh olimlardan biri.
A.R.Qurbonov tomonidan O‘zbekiston sharoitida Afrika laqqasining introduksiyasi, jumladan, chavoqlarni o‘stirish, baliq mahsulotlarini ishlab chiqarish, biologik va texnologik xususiyatlarini aniqlash yuzasidan tadqiqot o‘tkazilgan. 2018 yildan hozirgi kungacha bo‘lgan davrda u Baliqchilik ilmiy-tadqiqot institutining tajriba xo‘jaligida, Qoraqalpog‘istonning Nukus tumanidagi «Nukusbaliq» qo‘shma korxonasida va To‘rtko‘l tumanidagi «Antiqa» fermer xo‘jaligida respublikada baliqlarni sun’iy urug‘lantirish, baliqlarni to‘laqonli oziqlantirish, parvarish qilish va ko‘paytirish texnologiyalarini joriy etdi. A.R.Qurbonovning dissertatsiya tadqiqoti natijalari amaliyotda birinchi marta O‘zbekistonda Afrika laqqasini yetishtirishning biologik va texnologik asoslarini ishlab chiqish imkonini berdi; respublikamiz sharoitida Afrika laqqasini tezda yetishtirishning samarali texnologiyasi ilmiy jihatdan asoslanib, ishlab chiqarishga tavsiya etildi; Toshkent viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasining sun’iy suv havzalari va hovuzlarida Afrika laqqasini yil fasllari va iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda iqlimlashtirish usullari ishlab chiqildi. Shu bilan birga, fermer xo‘jaliklari rahbarlaridan minnatdorchilik xati olindi.
Hozirgi vaqtda A.R.Qurbonov ilmiy faoliyatining yo‘nalishlaridan biri baliqlarning qimmatbaho turlarini o‘rganishdan iborat bo‘lib, xususan, Sibir bakrabalig‘i (Acipenserbaieri)dan gipofizar in’eksiyalar va yopiq suv ta’minoti qurilmalarida suv haroratini tartibga solish yordamida jinsiy mahsulotlar olindi. Olingan uvildiriq sun’iy yo‘l bilan urug‘lantirildi. Sibir bakrabalig‘ining olingan nasllari hozirda hovuzlarda parvarish qilinmoqda va tovar balig‘i o‘lchamlariga yetguniga qadar o‘stiriladi. Shuningdek, baliqlarning ovlanadigan har xil turlari uchun tabiiy ozuqa bazasi organizmlarini qo‘lga kiritish maqsadida baliqlarning bentosxo‘r va yirtqich turlari uchun tabiiy ozuqa bazasining vakillaridan biri sifatida dafniyani sun’iy sharoitda yetishtirish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda.
A.R.Qurbonov o‘zining ilmiy faoliyati mobaynida bir qancha xalqaro loyihalarda, shuningdek, davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasidagi ilmiy-tadqiqot loyihalarida, jumladan, Birlashgan Millatlar Tashkilotining taraqqiyot dasturi (BMTTD), Global ekologiya fondi (GEF)ning «O‘zbekistonning tog‘li, yarim cho‘l va cho‘l landshaftlaridagi sug‘orilmaydigan qurg‘oqchil yerlarda raqobatli foydalanish natijasida tabiiy resurslardan foydalanish yukini kamaytirish» loyihasi, Germaniya xalqaro hamkorlik agentligining «Barqaror iqtisodiy rivojlanish» loyihasida muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
Shuningdek, u Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO)ning TCP/UZB/3703 «Baliqchilik milliy sharhi va akvakultura strategiyasi hamda baliq ovlashda qo‘shilgan qiymat zanjiri» loyihasining mintaqaviy eksperti hisoblanadi.
A.R.Qurbonov turli mamlakatlarda baliqchilik xo‘jaligi sohasidagi seminarlar va xalqaro ko‘rgazmalarda faol ishtirok etib keladi, O‘zbekiston baliqchilik tarmog‘ini rivojlantirish, innovatsiyalarni joriy etish va istiqbollar haqidagi ma’ruzalar bilan chiqib, turli sertifikatlar bilan taqdirlangan. Jumladan:
08/2016 Seminar on Aquaculture and Technical Extension for Developing Countries/ Freshwater Fisheries Research Center of Chinese Academy
10/ 2015 FAO Training adaptation trout farming in ponds and net cages in the conditions of climate change, Dushanbe, Tajikistan
09/ 2015 FAO Training for the production of stocking material in ponds and special environment for stocking fish ponds and culture-based fisheries, Alamty, Kzakhstan
02-14.06/2014 Food Security and Project Cycle Management. International Training Program. 2ed session. Izmir. Turkey.
04-07.03/2014 Regional Ad Hoc Training on Live Food Production. FAO. Izmir. Turkey.
25.11-7.12/ 2013 Food Security and Project Cycle Management. International Training Program. 1st session. Ankara. Turkey.
20.05-19.06/ 2013 Course on Aqua-feed Development and Aqua-seed Production. International Training Program. Wuxi, China.
08.08/2012 EXPO 2012 FAO international Symposium, Yeosu, Korea.
11/11 2011 Exchanging programm Hirosima State University, Hiroshima, Japan.
Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti direktori lavozimida ishlagan vaqti davomida A.R.Qurbonov Toshkentdagi «Easyfish» MChJ bilan ilmiy hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi. Shu asosda mamlakatda yopiq suv ta’minoti tizimida baliq yetishtirish texnologiyalari joriy etildi, bu baliqlarning yangi istiqbolli turlari iqlimlashtirish va intensiv yetishtirish imkonini beradi.
Bundan tashqari, institutning mavjud eskirgan binosi mukammal ta’mirlanib, yangi zamonaviy uskunalar bilan jihozlandi va «Akvakulturada yangi texnologiyalar laboratoriyasi» tashkil etildi. Ushbu laboratoriyani barpo etilishi natijasida BITI Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan e’lon qilingan I-KX-2019-44 «Yopiq aylanma suv ta’minoti qurilmasida baliqlarni urchitish texnologiyasini ishlab chiqish» loyihasi g‘olibiga aylandi. Loyiha doirasida yopiq suv ta’minoti qurilmalarida mahsuldor karplarning naslchilik salohiyati, xususan, ularning takror ko‘payishi, reproduktiv biologiyasi, uvildiriqning gistologik kesimlar orqali rivojlanishi tahlil qilindi.


Avvalgi holati Hozirgi holati

Ilmiy tadqiqotlar natijasida birinchi marta qish oylarida yopiq suv ta’minoti qurilmalarida karpning jinsiy mahsulotlari sun’iy yo‘l bilan olindi. Olingan natijalardan sun’iy urug‘lantirish va sanoat miqyosida sifatli sermahsul karp chavag‘ini olish jarayonida foydalanildi, bu mamlakat baliqchilik tarmog‘ini jadal rivojlantirishning muhim bo‘g‘ini hisoblanadi.
O‘z ilmiy faoliyatini davom ettirish va an’analarni mustahkamlash maqsadida o‘qituvchi-o‘quvchi A.R.Qurbonov 2021 yilda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti biologiya fakulteti zoologiya kafedrasining 4 nafar magistrantiga ilmiy rahbarlik qildi.
Tadqiqotchi olib borgan ilmiy-tadqiqot ishining natijalari respublikamizda, shuningdek xorijiy mamlakatlar (Hindiston, Ukraina, Ozarbayjon, Rossiya, Qozog‘iston) jurnallarida e’lon qilindi, u ilmiy konferensiyalarda faol ishtirok etdi.
Hozirgi vaqtda A.R.Qurbonov mamlakatning mahalliy iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda akvakulturaning yangi istiqbolli ob’ekti hisoblangan tilapiyani iqlimlashtirish, saqlash, oziqlantirish, otalantirish, sun’iy urug‘lantirish va o‘stirish bo‘yicha tadqiqotlar olib bormoqda.


A.R.Qurbonov quyidagi kitoblarning muallifi va hammuallifi hisoblanadi: