XALQARO HAMKORLIGI
GERMANIYA XALQARO HAMKORLIK JAMIYaTI (GIZ) ILMIY-TADQIQOT INSTITUTINING «O‘ZBEKISTONDA IQTISODIY ISLOHOTLAR VA BARQAROR IQTISODIY RIVOJLANISHNI QO‘LLAB-QUVVATLASh» DASTURINI AMALGA OShIRIShGA JALB ETILGAN IShChI GURUHIGA ASBOB-USKUNALAR VA NAMUNALARNI SARALAB OLISh VOSITALARINI TAQDIM ETDI
«O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlar va barqaror iqtisodiy rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash» dasturi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlariga alohida e’tibor qaratgan holda, O‘zbekiston mintaqalarida iqtisodiy islohotlarning amalga oshirilishini va mahalliy iqtisodiy rivojlanishni kuchaytirishga qaratilgan.
2022 yil 7 iyul kuni Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) «O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlar va barqaror iqtisodiy rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash» dasturi doirasida Ilmiy-tadqiqot institutiga O‘zbekistonning baliqchilik xo‘jaligi maqsadlarida foydalaniladigan suv havzalarining ekologik holatini o‘rganish uchun quyidagi zarur asbob-uskunalarni taqdim etdi:
Exolotlar
Sekki diski
Batometr
Djedi to‘rlari
Bentos tubni kovlagichlar
Shishiriladigan qayiqlar
Avtomobil sovutgichlari (namunalarni tashish uchun)
Mikroskoplar
Avtoklav

Tadqiqotchilar oldiga mintaqalardagi ekologik vaziyatni o‘rganishni kuchaytirish bo‘yicha qo‘yilgan vazifalarni bajarish uchun ixtiolog, baliqchi, ixtiopatolog, gidrobiologlar (fito-, zooplankton, perifiton va zoobentoslarni o‘rganish) va gidrokimyogardan iborat guruh tuzildi.
Hozirgi vaqtda baliqchilik xo‘jaligi suv havzalarida intensifikatsiyalashning yuqori darajasida suv havzasining sanitariya holatiga va uning gidrokimyoviy rejimiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan ko‘plab organik moddalar (ozuqa qoldiqlari, ekskrementlar va boshq.) to‘planadi. Bunday suv havzalarining suvida erigan kislorod miqdori kamayadi, erkin karbonat angidrid to‘planadi va ammoniy azot miqdori ortadi.
Faqat gaz rejimining holati va suvning tuz tarkibini muntazam ravishda kuzatib borish tashkil etilgan taqdirda suv havzalarining gidrokimyoviy rejimi yomonlashishining oldini olish va baliq yetishtirish uchun qulay sharoitni yaratish mumkin.
Yuqorida bayon etilganlar munosabati bilan, birinchi navbatda, suv havzalarining gidrologik va gidrokimyoviy rejimi aniqlanadi.
Suvning gidrokimyoviy tahlili quyidagi ko‘rsatkichlar bo‘yicha amalga oshiriladi: suvning harorati; vodorod ko‘rsatkichi (suvli muhitning pH); suv tarkibidagi kislorodning miqdori; nitritlar; azot; ammiak; nitratlar; ortofosfatlar; kislorodning biologik iste’moli; qattiqlik; xloridlar; karbonat angidrid; ishqoriylik; oksidlanuvchanlik; minerallashuv.
Umuman olganda, yuz berayotgan iqlim o‘zgarishi, mavsumiy o‘zgaruvchanlik (suv havzasining qishki to‘ldirilishi va yozda suvning intensiv bug‘lanishi) antropogen stress (kam suvli va «quruq» yillar) bilan uyg‘unlikda suv ekotizimlarida suv sifatining o‘zgarishidagi muayyan salbiy holatlarni keltirib chiqarishi, ularda hozirgi davrda yuzaga kelgan beqaror ekologik muvozanatni buzilishiga olib kelishi mumkin.
Shuning uchun ekologik vaziyatni va keyingi rivojlanishni tushunish hamda mavsumiy, yillik siklda ham, ko‘p yillik siklda ham gidrobiontlar o‘zgarishlarining qonuniyatlarini aniqlash uchun umuman suv biotasi (fitoplankton, zooplankton, perifiton, zoobentos)ning keyingi lokal ekologik tadqiqotlarini o‘tkazish zarur.
Baliqchilik xo‘jaliklarida tashxishlash va aksilepizootik tadbirlarni o‘tkazish samaradorligini oshirish va aholining baliq orqali yuqtiriladigan gelmintlar bilan zaharlanishining oldini olish maqsadida baliqlar va ularning tabiiy va sun’iy suv havzalaridagi organizmlar ko‘rinishidagi ozuqa bazasi zaharlanganligining kompleks parazitologik tadqiqoti o‘tkaziladi.
Baliqchilikni oqilona yuritish, respublikaning turli baliqchilik xo‘jaliklarida baliq yetishtirishni ko‘paytirish va baliqchilik xo‘jaligi suv havzalarining mahsuldorligini oshirish uchun nafaqat har bir suv havzasidagi parazitologik vaziyatni bilish, balki qat’iy parazitologik nazoratni olib borish ham zarur. Shuning uchun respublikadagi suv havzalarining ixtioparazitologik monitoringini amalga oshirish bo‘yicha ushbu tadqiqotlarni o‘tkazish va baliqlar parazitlari faunasining zamonaviy tarkibini bilish dolzarb va zaruriy yo‘nalish hisoblanadi.

FAO loyihasi qoshida O‘zbekistonda akvakulturani rivojlantirishda innovatsion texnologiyalarning o‘rni bo‘yicha o‘tkazilgan amaliy seminari
O‘zbekistonda baliqchilik tarmog‘i oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning strategik yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Oxirgi vaqtda ko‘rilgan choralar tufayli mamlakat iqtisodiyoti tarkibida baliqchilikning ulushi izchil ortib bormoqda.
Shu bilan birga, baliqchilik sohasida hali ham ko‘plab kamchilik va muammolar mavjud bo‘lib, ularning samarali yechimi ishchanlik faolligining oshishiga, investitsiyalarning jalb etilishiga, baliq yetishtirish sohasidagi ilg‘or texnologiyalarining joriy etilishiga, eksport salohiyatining oshishiga va yangi ish o‘rinlarining yaratilishiga yordam beradi.
Baliqchilik sanoatini yanada rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish, ilmiy-innovatsion tadqiqotlar va ishlanmalar sifatini oshirish, ular natijalarining Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti xodimlarining amaliy faoliyatiga keng tatbiq etilishini ta’minlash maqsadida 2017 yildan to bugungi kunga qadar institut rahbariyati tomonidan ham mahalliy, ham xorijiy ilmiy-tadqiqot institutlari, tashkilotlar va oliy o‘quv yurtlari bilan o‘zaro tushunish to‘g‘risida bir qator memorandumlar va shartnomalar tuzildi, xususan:
2020 yilda «Qozog‘iston baliqchilik xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti» mas’uliyati cheklangan shirkati bilan hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi;
2021 yilda «Belorus davlat qishloq xo‘jaligi akademiyasi» ta’lim muassasasi, shuningdek «Belorus milliy fanlar akademiyasi Chorvachilik ilmiy-amaliy markazi» respublika unitar korxonasining «Baliqchilik xo‘jaligi instituti» respublika sho‘ba unitar korxonasi bilan memorandumlar imzolandi.
«TCTFISH-CLUSTER» MChJda b.f.n., dos. Degtyarik S.M.
rahbarligida ixtiopatologik tadqiqotlar o‘tkazish
2021 yil 24-26 may kunlari «TCTFISH-CLUSTER» MChJda Baliqchilik ilmiy-tadqiqot institutining xodimlari (Qurbonov A.R., Kim S.I. va Titova N.O.) ko‘magida gidrokimyoviy, gidrobiologik va ixtiopatologik tadqiqotlar o‘tkazildi. 2021 yil 28 may kuni BMT FAOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi va «O‘zbekbaliqsanoat» uyushmasi rahbariyatining ko‘magida Belorus Respublikasi Baliqchilik xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti RUK, Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti va boshqa ilmiy-tadqiqot institutlarining mutaxassislari, shuningdek, baliqchilar ishtirokida BMT FAOning «Akvakultura sektori va baliq yetkazib berish ishlab chiqarish-sotish zanjirini rivojlantirish uchun milliy sharh va strategiya» loyihasi doirasida «O‘zbekistonda akvakulturani rivojlantirishda innovatsion texnologiyalarning roli» mavzusida seminar tashkil etildi. Ilmiy-amaliy seminarning maqsadi baliq yetishtiruvchilarga o‘z vaqtida o‘tkazilgan profilaktika va karantin tadbirlarining muhimligi va samaradorligi to‘g‘risida so‘zlab berishdan iborat.
2021 yil 28 maydagi amaliy seminar davomida Baliqchilik ilmiy-tadqiqot
institutining tarkibiy bo‘linmalari bilan tanishish
«Akvakultura sektori va baliq mahsulotlarining qo‘shilgan qiymat zanjiri milliy sharhi va strategiyasi» loyihasining maqsadi akvakultura sektorini baliq mahsulotlarining ishlab chiqaruvchidan iste’molchigacha butun qo‘shilgan qiymat zanjirini tahlil qilish, mavjud muammolarni aniqlash, shuningdek, baliq mahsulotlarini barqaror va samarali ishlab chiqarish, qayta ishlash va sotish imkoniyatlarini aniqlashdan iborat. Loyiha doirasida xalqaro ilg‘or tajriba asosida va FAO ekspertlarining ishtirokida Akvakulturani rivojlantirish milliy strategiyasi ishlab chiqilmoqda. Loyihaning amalga oshirilishi akvakultura sektorining samaradorligini oshirish imkonini beradi, bu esa, o‘z navbatida, ushbu sohadp band bo‘lgan fermerlarning turmush darajasini yaxshilashga, shuningdek, O‘zbekiston aholisining yanada sog‘lom va to‘yimli ovqatlanishini ta’minlaydi.
Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti va Belarus Respublikasi Baliqchilik xo‘jaligi instituti o‘rtasida, shu jumladan baliqlarni oziqlantirish, seleksiyasi va ko‘paytirishda probiotiklarning roli haqida amaliy tadqiqotlar sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi.
2021 yil 18 noyabrda Baliqchilik ilmiy-tadqiqot institutida «Sustainable economic development in selected area» Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ)ning loyihasi doirasida «Baliqlarning klinik tahlili va baliqlarda kasalliklar tashxisini o‘tkazish» mavzusida amaliy seminar o‘tkazildi.
Seminar davomida doktor P.Sheynert tinglovchilarni «Baliqlar asosiy kasalliklarining patogenezi va baliqlar nobud bo‘lishining sabablari», «Baliqlarning nekroskopiyasi va klinik tahlili» kabi mavzular bilan tanishtirdi, shuningdek laboratoriya sharoitida amaliy mashg‘ulotda u nekroskopiyaning asosiy bosqichlarini ko‘rsatib berdi va baliqlarning ovlanadigan turlariga tashxis qo‘yish qoidalarini tushuntirdi.
Doktor P.Sheynert rahbarligida baliqlar nekroskopiyasi bo‘yicha
amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazish uchun vositalar va materiallarni tayyorlash
Doktor P.Sheynert baliqlar nekroskopiyasini o‘tkazish
qoidalarini tushuntirmoqda