BALIQCHILIK ILMIY-TADQIQOT INSTITUTINING ENG MUHIM ILMIY YUTUQLARI VA ILMIY-TEXNIK ISHLANMALARINING MAMLAKAT BALIQCHILIK TARMOG‘INING RIVOJLANISHIGA QO‘SHGAN HISSASI
2017-2022 yillarda Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti xodimlarining ilmiy faoliyati doirasida:
- 3 ta monografiya;
- 14 ta uslubiyat (metodika);
- 28 ta yuqori reytingdagi xalqaro jurnallarda maqolalar;
- 37 ta Respublika jurnallarida maqolalar;
- 19 ta halqaro chetel konferensiyasi to‘plamlarida tezislar;
- 42 ta Respublika konferensiyalari to‘plamlarida chop etilgan.
YeC-01-002573 «Soya sutidan foydalanishda hovuz polikulturasida karp baliqlarining o‘tqazish materialini yetishtirish» mualliflik guvohnomasi olindi (28.11.2019 y.).
3775-sonli «Hovuzlarda baliqlar yetishtirishning resirkulyatsion tizimi» mualliflik guvohnomasi olindi (21.01.2021 y.).
Institutning ilmiy-ishlab chiqarish faoliyatini tartibga soluvchi hujjatlar ishlab chiqildi:
“O‘zstandart”ning ishlab chiqarish laboratoriyasini attestatsiyadan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi sertifikati; 0840-son (TV.AMT.01.0887, amal qilish muddati – 11/23/2018-11/23/2021.)
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining prekursorlardan foydalanish bilan bog‘liq faoliyat uchun sertifikati;
O’zdST 3318-2018 «Tirik baliq chavog‘i» respublika texnik standarti ishlab chiqilib, “O‘zstandart”da ro‘yxatidan o‘tkazildi.
“Capacity Building for Sustainable Fisheries and Aquaculture Management in Central Asia (FISHCap)” of FTPP II loyihasi doirasida o‘tkazilgan FAO Virtual Regional Workshopon Safetyfor Fisheryand Aquaculture Products” (29-30 09. 2020) mintaqaviy seminar ishiga qo‘shgan hissasi uchun maxsus sertifikat olindi.
Mualliflik guvohnomalari
2019 yilda innovatsion texnologiyalarni joriy etish maqsadida «O‘zbekbaliqsanoat» uyushmasining Baliqchilikni rivojlantirish jamg‘armasidan ajratilgan mablag‘lar va Innovatsion rivojlanish vazirligining grant mablag‘lari hisobidan institut bazasida «Akvakulturada yangi texnologiyalar» laboratoriyasi tashkil etildi. Ushbu laboratoriyani tashkil etishda «Easy Fish» MChJ baliq yetishtirish texnologik asbob-uskunalarini ishlab chiqarish bo‘yicha mahalliy kompaniya bilan qo‘shma ilmiy-innovatsion hamkorlik amalga oshirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018yil 6 apreldagi 3657-sonli «Baliqchilik tarmog‘ini jadal rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorida baliq o‘tqazish materialini katta miqdorda yetishtirish (ya’ni baliqlarni takror ko‘paytirish) muammosi eng dolzarb yo‘nalish sifatida belgilangan.
Mazkur loyiha ushbu muammolarni hal qilishga qaratilgan. Loyihada to‘xtab-to‘xtab yetiladigan tur sifatida karpni va to‘xtovsiz yetiladigan tur sifatida klariy laqqasini qish mavsumida takror ko‘paytirish, shuningdek, YoSTQ (yopiq suv ta’minoti qurilmalari) innovatsion texnologiyasi sharoitida qish-bahor davrida chavoqlarni baliq o‘tqazish materiali bosqichiga yetishtirish bazaviy texnologiyasi ishlab chiqilgan. Biz olib borgan tadqiqotlarda eksperimentlar “Easyfish” MChJ (respublikada sanoat YoSTQning birinchi professional ishlab chiqaruvchisi) tomonidan ishlab chiqarilgan «Uzbaliq» YoSTQ bazaviy modul qurilmasida o‘tkazildi. Buning natijasida qo‘shimcha vazifalar paydo bo‘ldi: karp va laqqa baliqni qishki takror ko‘paytirish texnologiyasini «Uzbaliq» YoSTQ modul qurilmasiga moslashtirish, yangi mahsulot sifatida va baliqchilik xo‘jaligi tadqiqotlarining natijasi o‘laroq respublika mintaqalari bo‘ylab karp va laqqa baliqni takror ko‘paytirish texnologiyasi sifatida YoSTQ modulini ko‘paytirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish. Quyida «Easy Fish» MChJ tomonidan ishlab chiqarilgan yopiq suv ta’minoti qurilmasi keltirilgan.
Yopiq suv ta’minoti qurilmasi (YoSTQ)
Biologik filtr va uning to‘ldiruvchisi
Mexanik filtr
O‘sha yili yopiq suv ta’minoti qurilmalarida karp jinsiy mahsulotlarini olishning quyidagi asosiy bosqichlardan iborat texnologiyasi ishlab chiqildi:
1. Nasl beruvchilarning jinsiy yetilishi.
Qorni aniq bilinib qolgan urg‘ochilardan rezina nasadka kiygazilgan shpris bilan namunalar olinadi
2. Nasl beruvchilarni tanlash va tayyorlash.
Quyosh suv isitgichi yordamida isitilgan suv
3. Gipofizar in’eksiyalarni amalga oshirish.
Nasl beruvchilar maxsus stolda in’eksiya qilinadi
Gipofizar in’eksiyani amalga oshirishda 65-70 mm uzunlikdagi igna yon liniyadan biroz yuqoriga (baliqning umurtqasiga zarar yetkazmaslik uchun burchak ostida) orqa suzgich qanotining birinchi luchi darajasida qurutib artilgan va dezinfeksiyalangan joyga, tangacha ostiga kiritiladi. Ukol joyini barmoq bilan bosib, gipofizning oldindan aralashtirilgan suspenziyasi baliqning mushaklariga yuboriladi. Keyin bu joy 3 daqiqa davomida aylana harakat bilan massaj qilinadi. Nasl beruvchilarni in’eksiya qilish shunday hisob-kitob bilan boshlanadiki, bunda jinsiy mahsulotlarni olish, uvildiriqni shlimshiqsizlantirish, uni apparatlarga yuklashni kunduzi amalga oshirish mumkin bo‘ladi.
4. Nasl beruvchilarni gipofizar in’eksiyalardan keyin tutib turish.
In’eksiya qilinib, maxsus hovuzlarga ko‘chirib o‘tkazilgan urg‘ochilar
5. Jinsiy mahsulotlarni olish
Jinsiy mahsulotlar himoyalangan joyda toza, quruq, oldindan tayyorlangan idishga olinadi
6. Tuxumlarning urug‘lanishi
Uvildiriq solingan tog‘oraga sperma (1 kg uvildiriq uchun 5-6 ml
sperma) quyilib, quruq g‘oz patlari bilan 3-5 daqiqa davomida ehtiyot
qilib aralashtiriladi
7. Uvildiriqni shlimshiqsizlantirish
8. Uvildiriqni inkubatsiya qilish
40-50 foizga suv bilan to‘ldirilgan apparatlarga 600-650 g
shlimshiqsizlantirilgan uvildiriq (500-600 ming dona uvildiriq)
ehtiyot bo‘lib solinadi, shundan so‘ng ustidan suv quyiladi
Uvildiriqning sifatini aniqlash
9. Ochib chiqqanidan keyin lichinkalarni ushlab turish
Chavoqlarni yetishtirish
2019-2020 yillarda O‘zbekiston sharoitida Acipenserbaerii Sibir bakrabalig‘ini inkubatsiya qilish bo‘yicha eksperiment o‘tkazildi.
Acipenserbaerii nasl beruvchilari bilan ishlash. Osyotr baliqlarining nasl beruvchilarni tayyorlash bir necha bosqichlarga bo‘lingan:
1. Kuzgi bonitirovka yoki kuzgi jarayon nasl beruvchilarini tanlash.
2. Nasl beruvchilarning qishlashi.
3. Bahorgi bonitirovka yoki bahorgi jarayon nasl beruvchilarini tanlash.
4. Nasl beruvchilarni dastlabki sinovdan o‘tkazish.
5. Tegishli harorat rejimlarini va urchishdan oldin ushlab turish muddatlarini ta’minlash.
6. Gormonal preparatlar in’eksiyasi oldidan nasl beruvchilar sinovdan o‘tkaziladi.
Yetilgan urg‘ochilarni tanlash. Bahorgi bonitirovka vaqtida kuzda tanlab olingan urg‘ochilarning urchishga tayyorlik darajasi polyarizatsiya koeffitsienti qiymatlari bo‘yicha gonadalar biopsiyasi usulini qo‘llash yo‘li bilan aniqlanadi.
Osetr balig‘i nasl beruvchilarining bahorgi bonitirovkasi. BITI. 2019 y.
Nasl beruvchilarni urchish oldidan ushlab turish.
Acipenser baerii urg‘ochilarini gormonal
stimullash oldidan tortish. BITI, YoSTQ
Fiziologik eritma bilan suyultirish
uchun tayyorlangan gipofiz
Gormonal stimullashni o‘tkazish. BITI, YoSTQ
Uvildiriqni chiqarib olish. BITI. 21.03.2020 y.
Texnologik jihatdan amaldagi tavsiyalarga muvofiq uvildiriqning urug‘lantiruvchi eritmada bo‘lib turishining davomiyligi quyidagi parametrlar bo‘yicha belgilanadi.
• Spermadagi urug‘lantiruvchi qobiliyatning davomiyligi
• Uvildiriq urug‘lanishga qodir bo‘lgan vaqt
• Uvildiriq yopishqoq bo‘lib qolishidan oldingi vaqt.
Uvildiriqni shlimshiqsizlantirish. BITI. 21.02.2020 y.
Inkubatsion apparatlarda suv sarfi
Apparatlardagi suv sarfi ularning turiga qarab belgilanadi.
2019 yilda olingan Acipenserbaerii uvildirig‘i uchun bitta inkubatsiya apparati yetarli bo‘ldi
2020 yilda osyotr baliqlarini inkubatsiya qilish uchun (1-inkubatsiyada)
6 ta Veys apparatidan foydalanildi). BITI. 23.03.2020 y.
Yoritilganlik. Inkubatsiya apparatlarning yoritilganlik darajasi tur talablariga mos kelishi kerak (beluga – 100 lk dan kam, sevryuga – 20-100 lk, rus osyotr balig‘i va bakra baliq – 10-20 lk [Kasimov, 1988].
Osyotr baliqlarining inkubatsiyasini nazorat qilish. Inkubatsiya paytida uzluksiz suv ta’minoti, gaz, gidrokimyoviy va harorat rejimlari tunu-kun kuzatib boriladi (sutkalik o‘zgarib turishlar 20S dan oshmasligi kerak), rivojlanmagan uvildiriqlar o‘z vaqtida olib tashlanadi.
Urug‘lanish foizini hisoblash. Inkubatsiya qilingan uvildiriqlarning baliqchilik sifatini baholash uchun rivojlanayotgan va o‘lik lichinkalarning nisbati hisoblanadi.
Acipenserbaerii uvildirig‘ini inkubatsiya qilish. Predlichinkalar ochib chiqishining boshlanishi,
BITI, 25.03.2020 y.
Predlichinkalarning ochib chiqishi
Ochib chiqishning boshlanishi inkubatsiya apparatida yolg‘iz suzib yuruvchi lichinkalarning paydo bo‘lishi bilan tavsiflanadi. Ochib chiqqan lichinkalar 2-4 m2 maydonli aylana beton yoki plastik hovuzlarga ko‘chiriladi.
Predlichinkalar o‘tqazilganidan keyingi kun hovuzlarda chig‘anoqlar, o‘lik uvildiriqlar va anomaliyali zotlar olib tashlanadi. Olib tashlash rezina sifon yordamida amalga oshirilishi kerak.
Ekzogen oziqlanishga o‘tishdan oldin predlichinkalarning o‘sishi (35-42-bosqichlar) tuxum sarig‘i qopining zaxiralari bilan ta’minlanadi. Ushbu davrda asosiy organlar, shu jumladan ovqat hazm qilish tizimi bo‘limlarining differensirovkasi amalga oshiriladi va ontogenezning turli bosqichlariga xos bo‘lgan hayotni ta’minlash funksiyalarini bajarishga qodir bo‘lgan yagona morfo-fiziologik tizim shakllanadi.
Ochib chiqqan Acipenserbaerii predlichinkalari Veys apparatidan hovuzga tushadi.
BITI. 2020 yil fevral
Artemiya sistalarining inkubatsiyasi
Artemiya sistalarini inkubatsiya qilish uchun 40 dan 300 litrgacha sig‘imli shaffof konussimon idishlardan foydalaniladi (biz o‘sha Veys apparatidan foydalandik).
Apparatda kislorodning yuqori miqdori va tuxumlarni aralashtirish kompressor yordamida suvning aeratsiyasi orqali amalga oshiriladi, ularning purkagichlari apparatning tub qismiga o‘rnatiladi. Apparatlar ustida doimiy intensiv (2000 lk) sun’iy yorug‘lik ta’minlanadi. Inkubatsiya uchun artemiya faollashtirilgan tuxumlari NaCl osh tuzining 4-5% eritmasiga joylashtiriladi. Tuxumlarni solishning zichligi ularning sifati va o‘lchamiga bog‘liq va o‘rtacha 4-5 g/litrni tashkil qiladi. Inkubatsiya apparatida 27-290S, rN 7,5-8,5 haroratni saqlab turish zarur. Bunday sharoitda naupliyaning ochib chiqishi tuxumlar solinganidan keyin 24-30 soat o‘tgach sodir bo‘ladi. Inkubatsiya tugagandan so‘ng yorug‘lik va kompressor 15 daqiqaga o‘chirib qo‘yiladi. Buning natijasida po‘stloqlar suv yuziga ko‘tariladi va naupliyalar apparatning pastki qismida to‘planadi. Shundan so‘ng suv chiqarib yuboriladigan jo‘mrak orqali dastlab (pastki konussimon qismda to‘planib qolgan) o‘lik va ochib chiqmagan sistalar chiqarib yuboriladi, so‘ngra esa naupliyalar gaz g‘alvirdan (114 mkm) qopga tushiriladi. Olingan naupliyalar darhol lichinkalarga ozuqa sifatida beriladi yoki yanada o‘stirish uchun 3-5% tuz eritmali hovuzlarga joylashtirilgan yoxud muzlatiladi [Litvinenko va boshq., 2000].
Osyotr chavoqlarini oziqlantirish uchun artemiya sistasini
inkubatsiya qilish. BITI, 2020 yil aprel
Acipenserbaierii Sibir bakrabalig‘ini takror ko‘paytirish bo‘yicha. 2020 yilda inkubatsiya vaqtida (loyihaning so‘nggi yili) Veys apparatlariga 2019 yil bilan solishtirilganda 8 baravar ko‘p urug‘langan uvildiriq solindi, lichinkaning chiqishi 3000 donani tashkil qildi, biroq, chavoqlarning omon qolish darajasi 2019 yilga nisbatan kamroq bo‘ldi.
2020 yilda kichik innovatsion hovuzlarda baliq yetishtirish bo‘yicha bir qator eksperimentlar o‘tkazildi:
1. PhD, k.i.x. A.R.Qurbonov rahbarligida amalga oshirilgan innovatsion loyiha doirasida ochiq hovuzlarda sifatli (200 grammdan ortiq) chavoqlardan tovar balig‘ini o‘stirish uchun ularni intensiv yetishtirish taklif etildi. Suv resurslari tuproqning pastki qatlamlariga singib ketishining oldini olish uchun geomembranalar (havza ichidan) to‘shalgan ushbu havzaga innovatsion g‘oyalar joriy etildi.
Bundan tashqari, suv resurslaridan oqilona foydalanish maqsadida havzadagi suvni qayta tozalash va biologik mutanosiblashtirish uchun yopiq suv ta’minoti qurilmasi joriy etilgan. Shu bilan birga, hovuzga loyiha bo‘yicha sotib olingan aeratorlar o‘rnatilgan. Hovuzning o‘lchami 22x35 metr, baliqchilik xo‘jaligining maydoni 600 m2. Innovatsion hovuzning chuqurligi 1,3 metrdan 1,8 metrgacha, o‘rtacha 1,5 metrni tashkil qiladi. Hovuzdagi suv doimiy ravishda aylanib turadi va kechqurun suvni qo‘shimcha kislorod bilan boyituvchi aeratsion qurilmalari yordamida tozalanadi. Hovuzda, shuningdek baliqlar uchun qo‘shimcha ovqat manbai hisoblangan tungi uchuvchi hasharotlar uchun tuzoq ham sinovdan o‘tkazilmoqda.
Karp baliqlarining chavoqlarini innovatsion hovuzga chiqarish,
kunduzi uchib yuruvchi hasharotlar uchun tuzoq
Baliq hovuzga 2020 yil 30 mayda qo‘shimcha ravishda solingan. Baliqlarning umumiy soni 3500 donani, umumiy vazni esa 135 kg ni tashkil qildi. Shuni ta’kidlash lozimki, mamlakatdagi mavjud an’anaviy texnologiya bo‘yicha ushbu ko‘rsatkich 1 gektar akvatoriyaga 3500 dona baliqni tashkil qiladi. Bizning holatda mazkur ko‘rsatkich 0,06 gektarga teng. Ya’ni bir gektardan 6%ini foydalangan holda, 1 gektardan hosildorlikka erishish ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari, ushbu yangi innovatsion texnologiya baliqchilik sanoatida foydalaniladigan ko‘plab yer va suv resurslarini tejash imkonini beradi. Mazkur texnologiya nafaqat mamlakatimiz, balki qo‘shni respublikalarning baliqchilik sanoati uchun ham innovatsion yangilik hisoblanadi.
Intensiv baliqchilikda aralash omuxta yemning sifati yuqori bo‘lishi va u mutanosiblashtirilgan bo‘lishi kerak (Xalpaev I., Qurbonov A.R., Kamilov B.G., Karimov B.K., 2012). Tajriba qilinayotgan baliqlar kuniga 4 marta tirik ozuqa va «VITAE GROUP» MChJ tomonidan yetishtirilib, 2020 yilda imzolangan memorandum doirasida yetkazib beriladigan Hermetia illucens Qora arsloncha lichinkalari bilan oziqlantirildi.
Innovatsion hovuzlarda baliqning o‘sish sur’atlari
Sutkalik ozuqa ratsioni baliq umumiy biomassasining 5%i hisobida berildi. Hovuz suvining gidrokimyoviy ko‘rsatkichlari sutka mobaynida 3 marta (nazorat kunlarida 12 marta) tekshirildi.
Intensiv hovuzlarga tashlangan baliqlarning dastlabki umumiy biomassasi 135 kg ni, tajriba oxirida esa 1138 kg ni tashkil etdi. Ozuqa sarfi:
1 kg baliq uchun 2,5 kg omuxta yem va 0,9 kg Hermetiaillucens tirik ozuqa ishlatildi. Tajriba davomida baliqlar o‘limi 5 foizni, baliqning tirik vazni 350-500 g ni tashkil qildi.
2020 yilda Afrika laqqasi chavoqlarini Anadonta mollyuskasi qo‘shilgan holda tayyorlangan ozuqalar bilan oziqlantirish bo‘yicha tajriba o‘tkazildi.
Institut xodimlari tomonidan Anadonta mollyuskasining go‘shtidan baliqlarning yirtqich turlari uchun ozuqa qo‘shimchasi sifatida foydalanish taklif qilindi. Chuchuk suv plastinkasimon oyquloqli mollyuskalarining vakili hisoblangan Anadonta perlovitsasimonlar oilasi (Unionidae) vakillari sanoat ahamiyatiga ega.
Anadonta qo‘shtabaqali mollyuskasi
Eksperiment tavsifi: 300 litr hajmdagi 3 ta akvariumga bir xil yoshdagi Afrika laqqasi zotlarining bir xil soni o‘tqazildi. 60 kun davomida ularga vazndan foiz hisobida hisoblab chiqilgan miqdorda turli xil ozuqa berildi: 1-akvariumda – karplar uchun mo‘ljallangan omuxta yem, ikkinchisida – 50 foizi karp baliqlari uchun mo‘ljallangan omuxta yemdan va 50 foizi anadonta qiymasidan iborat ozuqa, uchinchisida – 100 foiz anadonta qiymasidan iborat ozuqa.
2020 yil yozida Afrika laqqasini oziqlantirish bo‘yicha o‘tkazilgan tajriba shuni ko‘rsatdiki, ushbu turdagi baliqlar uchun 50 foizi karp baliqlari uchun mo‘ljallangan omuxta yemdan va 50 foizi anadonta qiymasidan iborat ozuqadan foydalanish qolgan ikki turdagi ozuqaga qaraganda katta ustunlik beradi. Bu shu bilan izohlanadiki, aynan ushbu ozuqa tarkibiga ko‘ra eng mutanosiblashtirilgan ozuqa hisoblanadi, chunki uning tarkibida o‘simlik (omuxta yemda) va hayvon proteini mavjud.
«Probiokorm» probiotik ozuqa qo‘shimchasining industrial akvakulturada yetishtiriladigan Afrika laqqasi (Clariasgariepinus)ga ta’sirini o‘rganish bo‘yicha eksperimental sinovlar
2021 yilda biz Afrika laqqalarini oziqlantirish borasidagi tajribani davom ettirdik.
Tadqiqot natijalarining tahlili shuni ko‘rsatdiki, V guruhi baliqlari eng yuqori o‘sish sur’atlariga ega edi. Ushbu guruhdagi baliqlar A hovuzdagi baliqlarga qaraganda mos ravishda 9,1 va 7,1 grammga og‘irroq edi, o‘rtacha sutkalik semirish 1,04 g/kun, A guruhida esa 0,84 g/kunni tashkil qildi. Eng yuqori ozuqaviylik koeffitsienti (2,8) A hovuzidagi baliqlarda ham kuzatildi. Ma’lumki, intensiv akvakulturada 1 kg tirik vaznni yetishtirish uchun ozuqa qancha kam sarflansa, shuncha yaxshi bo‘ladi.
«Probiokorm» probiotik ozuqa qo‘shimchasi bilan tajriba o‘tkazish uchun ozuqani quritish
Afrika laqqasining o‘sish sur’ati (g.)
Baliqlar uchun sifatli ozuqalarni tayyorlashda «Probiokorm» probiotik ozuqa qo‘shimchasining qo‘llanilishi (1 kg omuxta yemga 5%) ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, chunki u o‘sish sur’atining yuqori bo‘lishiga hissa qo‘shadi va yuqori baliqchilik ko‘rsatkichlariga erishish imkonini beradi, shuningdek, ozuqalarni iste’mol qilish samaradorligini oshirishi mumkin. Shu bilan birga, baliqlarning yoshi va turiga qarab, ushbu ozuqa qo‘shimchasini qo‘shishning eng muqobil darajasi va uning iqtisodiy samaradorligi yuzasidan bir qator tadqiqotlar o‘tkazish tavsiya etiladi.
Kanal laqqasi va tilapiyani oziqlantirishda Qora arslonchaning g‘umbaklaridan foydalanish
2021 yil iyun oyidan boshlab Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti hududida Qora arsloncha (Hermetia illucens)ni yetishtirish bo‘yicha eksperiment boshlandi.
Katta yoshli hasharotlar va g‘umbaklarning tarkibi ularning ratsioniga bog‘liq: shu munosabat bilan Qora arslonchaning lichinkalari kepak va sabzavot po‘stloqlari bilan oziqlantiriladi.
Qora arsloncha ommaviy yetishtirish uchun ideal nomzod. Katta yoshli zotlar xira hasharotlar hisoblanmaydi, lichinkalar esa bag‘rikeng hasharotlar bo‘lib, 14 kg/m2 zichlikda yashaydi.
Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti hududida Qora arsloncha (Hermetia illucens) lichinkalarini yetishtirish
Laqqa baliqlarni Qora arsloncha (Hermetia illucens)ning lichinkalari bilan oziqlantirish