INSTITUTNING ISHLAB CHIQARISH BAZASI


I-KX-2019-44 «Yopiq aylanma suv ta’minoti qurilmasida baliqlarni urchitish texnologiyasini ishlab chiqish» innovatsion loyihasining amalga oshirilishi doirasida «O‘zbekbaliqsanoat» uyushmasi ko‘magida Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti hududida 2019 yilning boshida «Akvakulturada yangi texnologiyalar» laboratoriyasining binosi qurildi. Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti rahbariyati «EasyFish» MChJ bilan birgalikda «Akvakulturada yangi texnologiyalar» laboratoriyasini mutlaqo yangi va o‘sha paytda O‘zbekiston uchun o‘rganilmagan yopiq suv ta’minoti qurilmalari bilan jihozladi.

«Akvakulturada yangi texnologiyalar» laboratoriyasining binosi


2019 yilning ikkinchi yarmida kichik innovatsion suv havzalarida intensiv baliq yetishtirish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish uchun Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti hududida geomembranlar va resirkulyatsion tizim asosida innovatsion hovuz o‘rnatildi.

Eksperimental innovatsion hovuz va «Akvakulturada yangi
texnologiyalar» laboratoriya binosiga kirish


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 28 yanvardagi PQ-4575-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 2021 yil 1 yanvardan boshlab Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti institut binolari va inshootlarini saqlab turish xarajatlarini, xodimlarning ish haqini davlat budjeti hisobidan bazaviy moliyalashtirishga o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 1 noyabrdagi PQ-3365-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida institutning yangi tashkil etilgan laboratoriyalari zamonaviy ilmiy asbob-uskunalar bilan jihozlandi.

Baliqchilik ilmiy-tadqiqot institutining ma’muriy binosi


2018 yilda yotoqxona binosi ta’mirlandi. Laboratoriya majmuasiga tutash yotoqxona binosini ta’mirlash 2021 yilda amalga oshirildi.

Yotoqxona binosi


Institutning 2021-2023 yillarga mo‘ljallangan yo‘l xaritasining Baliqchilik ilmiy-tadqiqot institutida iste’dodli kadrlarni tayyorlash va ularni qayta tayyorlash kabi muhim bandini amalga oshirish uchun o‘quv auditoriyasi, Coworking, qiroatxona kerakli adabiyotlar bilan jihozlandi va BITIda mavjud bo‘lgan barcha adabiy ma’lumotlarning elektron bazasidan foydalanish imkoniyati yaratildi, shuningdek, institut bazasida konstruktorlik byurosi mavjud bo‘lib, u yerda ustalar akvakultura va baliqchilik sohalarida o‘z ishlanmalarini yaratadilar.

Amaliyotchilar va tinglovchilar uchun o‘quv sinfi


Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti kutubxonasi


Institutning moddiy-texnik bazasi mustahkamlandi, innovatsion axborot-resurs xonalari, o‘quv auditoriyasi tashkil etildi, seleksiya va baliqlarni ko‘paytirishga, baliqlarning tabiiy va sun’iy ozuqalari sifatini tahlil qilishga ixtisoslashgan yangi laboratoriyalar ochildi. Xususan, 2021 yilda Institut rahbariyati tomonidan BMT FAO ko‘magida Baliqchilik ilmiy-tadqiqot institutining laboratoriya majmuasi laboratoriya tadqiqotlarini zamonaviy yuqori darajada o‘tkazish uchun eng so‘nggi xorijiy laboratoriya asbob-uskunalari bilan jihozlandi. Shuningdek, laboratoriya va sanoat asbob-uskunalarining xorijiy ishlab chiqaruvchilaridan baliq ozuqalari analizatorini sotib olish uchun O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligiga ariza rasmiylashtirilib, taqdim etildi.

Laboratoriyalar mutaxassislarining xonalari


>

Laboratoriya majmui yo‘lagi


«Baliqlar ozuqasi va oziqlantirish» laboratoriyasi


Sho‘r suv havzalarida baliqlarning mahalliy endemik turlarini sun’iy ko‘paytirish, yetishtirish va oziqlantirish bo‘yicha ilmiy loyihalarni amalga oshirish maqsadida 2021 yil boshida Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti bazasida «Baliqchilikda seleksiya va naslchilik ishi» laboratoriyasi ochilib, jihozlandi.

«Baliqchilikda seleksiya va naslchilik ishi» laboratoriyasi


2021 yil 28 may kuni BMT FAOning «Akvakultura sektori va baliq yetkazib berishning ishlab chiqarish-sotish zanjiri uchun milliy sharh va strategiya» loyihasi doirasida Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti bazasida «Ixtiopatologiya» laboratoriyasi ochilib, jihozlandi.

«Ixtiopatologiya» laboratoriyasi